Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

OTMlar uchun strategiyalar

20.09.2024, 15:42 Yangiliklar 104

#BRM4  #ЦУР4  #SDG4

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekistondagi Erasmus+ Milliy ofisi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti bilan hamkorlikda 2024-yilning 19-20-sentabr kunlari Yevropa Ittifoqi texnik yordam missiyasining maxsus seminari o‘tkazildi. Seminar “OTMlar uchun strategiyalar: QS va xalqaro reytinglarda ustunlik qilish / muvaffaqiyatni ochish: QS va THE reytinglarini yo‘lga qo‘yish” mavzusida bo‘lib, uning asosiy maqsadi O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarining sifat ko‘rsatkichlarini xalqaro standartlarga moslashtirishda amaliy ko‘mak berishdan iborat bo‘ldi. Mazkur seminarda TDSHU Xalqaro reytinglar bilan ish bo‘limi boshlig‘i N.Imamova hamda Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i N.Karimov ham ishtirok etdilar.

 

 

image_2024-09-20_17-21-35

image_2024-09-20_17-22-26