Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“O‘z­bekiston tarjimashunoslari Forumi – 2020” mav­zusida Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konfe­rensi­ya bo‘­lib o‘t­di.

11.12.2020, 20:50 Yangiliklar 3399

Toshkent davlat sharq­shu­noslik universitetida “O‘z­bekiston tarjimashunoslari Forumi – 2020” mav­zusida Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konfe­rensi­ya bo‘­lib o‘t­di.

Forumning asosiy maqsadi tarjimashunoslik tarixi, tarjimachilikning rivojlanish tamoyillari, tarjima stilistikasi va tanqidi, tahrir, badiiy tarjimaning lingvomadaniy aspektlari, zamonaviy nasr va she’r tarjimasi muammolari, muallif uslubini qayta yaratish, sinxron tarjima sohasini rivojlantirish, ilmiy-texnikaviy va publitsistik matnlar tarimasi muammolari; o‘zbek adabiyoti namunalarini sharq xalqlari tillariga tarjima qilish, shuningdek, sharq tillaridan o‘zbek tiliga badiiy tarjimani amalga oshirish bilan bog‘liq dolzarb muammolar hamda bu borada erishilgan yutuqlar doirasida mutaxassislarning tajriba va fikr almashuvini ta’minlashdan iborat.

Forum to‘plamidan TDShU «Tarjimashunoslik va xalqaro jurna­lis­i­ka” kafedrasida ush­bu ilmiy yo‘­nalishda tadqiqotlar olib borayotgan pro­fes­sor-o‘qi­tuvchilar, mu­ta­xassis­lar va yosh tadqiqotchilar­ning tarjima ta­ri­xi, nazariyasi, ama­liyoti va tanqidi, sinxron tarji­ma, shuningdek, xalqaro jur­nalistika­ga oid dolzarb mav­zular yoritilgan ilmiy maqola­lari o‘rin olgan.

Anjuman oldida quyidagi vazifalar belgilangan:

  • XX asr ikkinchi yarmi tarjimachiligining rivojlanish tamoyillari, zamonaviy tarjimashunoslik fanini o‘qitish istiqbollarini belgilash;
  • Tarjima stilistikasi va tanqidi hamda tahrir masalalari, badiiy tarjimaning lingvomadaniy aspektlari, zamonaviy nasr va she’riy tarjima va muallif uslubini qayta yaratish, madaniyatlararo muloqot va tarjima muammolari xususida so‘z yuritish;
  • Xorijiy adabiyotni asliyatda o‘qish va tarjima qilish, tarjima adabiyotini targ‘ib qilish, kitobxonlik madaniyati va badiiy tarjima mahorati, o‘zbek adabiyoti namunalarini sharq xalqlari tillariga va sharq adabiyoti namunalarini o‘zbek tiliga tarjima qilishning dolzarb masalalarini batafsil ko‘rib chiqish;
  • Sinxron tarjima sohasi, XXI asrda ilmiy-texnikaviy tarjima taraqqiyoti hamda publitsistik matnlar tarjimasi muammolari xususida so‘z yuritish;
  • Tarjimashunoslikning dolzarb muammolari ustida ish olib borayotgan soha mutaxassislari va yosh olimlar bilan tajriba almashish hamda bo‘lajak tarjimashunoslarning xalqaro anjumanlarda o‘zlarini namoyon etishlariga imkon yaratish;
  • Tarjimashunoslikdagi ilg‘or tajribalar bo‘yicha yangi ma’lumotlarga ega bo‘lish.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid, Uyushmaning xalqaro adabiy aloqalar va tarjima bo‘limi boshlig‘i Rustam Musurmon, O‘zbekiston Respublikasi FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori universiteti direktori N.Mahmudov, tarjimashunos olimlardan X.Raximov, Z.Isomiddinov, R.Abdullayeva, shuningdek, Respublikamizning turli oliy o‘quv yurtlaridan va tashkilotlardan tadqiqotchilar hamda tarjimonlar ishtirok etdilar.

Anjuman yakunlari bo‘yicha quyidagi tavsiyalar ishlab chiqildi:

  • Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining ustuvor ilmiy tadqiqot yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan tarjimashunoslik, jumladan, Sharq tarjimashunosligi bo‘yicha ilmiy ishlar ko‘lamini kengaytirish zarur;
  • Olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining dolzarbligiga alohida e’tibor qaratish, ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etishni yanada kengaytirish;
  • Tarjimashunoslik doirasida xorijiy mamlakatlar universitetlari va ilmiy markazlarida olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari bilan muntazam ravishda tanishib borish;
  • Ijodiy tashkilotlar, badiiy, ilmiy-ommabop jurnallar bilan hamkorlikni kuchaytirish, tarjima nazariyasi, amaliyoti va tanqidi bo‘yicha ilmiy loyihalar ishlab chiqish;
  • Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi ilmiy yo‘nalishi bo‘yicha tadqiqot ishlariga doir ilmiy manbalarni to‘plash uchun profeyesor-o‘qituvchi va tadqiqotchilarni muntazam ravishda qisqa muddatli ilmiy safarlarga jo‘natish;
  • Sharq xalqlari milliy madaniyat markazlari bilan aloqalar o‘rnatish;
  • TDShUda sharq tillaridan o‘zbek tiliga va o‘zbek tilidan sharq tillariga qilinayotgan tarjimalarning nashr etilishi va respublika miqyosida va chet elda targ‘ib qilish ishlariga alohida ahamiyat berish;
  • Universitetda amalga oshirilayotgan ilmiy va boshqa uslublardagi tarjimalarni rasmiylashtirish uchun universitet qoshida tarjima byurosi tashkil qilish va tarjima xizmati ko‘rsatuvchi professor-o‘qituvchilar va talabalar mehnatiga haq to‘lash ishini yo‘lga qo‘yish.
  • Anjuman materiallari to‘plamini o‘quv jarayoniga tatbiq etish.
  • Tarjima va tarjimashunoslik masalalari bo‘yicha, xulosalar asosida OAV, shu jumladan, “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasiga maqola chop ettirish.
  • Forum materiallari to‘plamini ko‘p nusxada chop ettirish.
  • Navbatdagi forumni 2021-yil 11-dekabrda o‘tkazish va uni “O‘zbekiston tarjimonlari va tarjimashunoslari forumi ­- 2021” deb nomlash va boshqalar.

photo_2020-12-11_18-37-38 photo_2020-12-11_18-37-39 photo_2020-12-11_18-32-38 photo_2020-12-11_18-32-36