Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

O‘ZBEK-XITOY ILMIY-TADQIQOT MARKAZI

13 Markaz direktori XASHIMOVA SABOXAT ABDULLAYEVNA
Qabul vaqti: Dushanba, chorshanba, juma kunlari 14:00-18:00
Tel: +998972660681
e-mail: sabohat15@mail.ru

 

Markazning vazifalari

  1. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:

– O‘zbekiston va Xitoy xalqlarining madaniyati, sharq tillaridagi adabiy, tarixiy, falsafiy manbalarni har tomonlama chuqur o‘rganishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda yurtimiz qadriyatlari va milliy madaniy merosimizni dunyo miqyosida targ‘ib etish, O‘zbekiston va Xitoy madaniyati hamda merosini tadqiq etish;

– O‘zbekiston va Xitoy madaniyati va merosi, qadimiy yodgorlik va qo‘lyozmalarni ilmiy jihatdan o‘rganish, mahalliy va xorijiy hamkorlar bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;

–  O‘zbekiston va Xitoy mamlakatlarining ijtimoiy-siyosiy hayoti, tili, madaniyati va tarixiga oid yozma manbalarni o‘rganish;

–  O‘zbekiston va Xitoy madaniyati va merosi, tarixi, adabiyoti, falsafasi bo‘yicha turli darajalarda ilmiy konferensiya, seminar va davra suhbatlari o‘tkazish;

– Ilmiy seminarlar, davra suhbatlari va yozma yodgorliklarga bag‘ishlangan turli ilmiy anjumanlar tashkil etish orqali o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar malakasini oshirib borish;

– Markaz faoliyati bilan tanishtiruvchi materiallarni hamda soha bo‘yicha erishilgan ilmiy natijalarni respublika va universitet nashrlarida muntazam chop etib borish;

– Iqtidorli talabalar, magistrantlar, doktorantlar bilan birgalikda startap, innovatsion loyihalar ishlab chiqish, ilmiy seminarlar va loyihalar taqdimotlarini o‘tkazish;

– Markaz vazifalaridan kelib chiqqan holda Xitoy Xalq Respublikasining universitetlari, shuningdek, dunyo xitoyshunoslik markazlari  bilan hamkorlikni o‘rnatish va olib borish.

06.11.2024, 14:48 174