Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan hamkorlikda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabalari uchun yetakchi sanoat korxonasida tanishtiruv ekskursiyasi tashkil etildi

19.12.2025, 18:05 Yangiliklar 137

Tadbir talabalarning sanoat sohasi bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishish maqsadida Toshkent shahrida joylashgan “Bakan Tex” korxonasida o‘tkazildi.

Ekskursiya davomida talabalarga ishlab chiqarishning asosiy bosqichlari, texnologik jarayonlar, zamonaviy uskunalar, mahsulot sifati nazorati hamda korxonaning ichki boshqaruv tizimi haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, talabalar ishlab chiqarish sexlaridagi jarayonlarni kuzatish va tayyor mahsulot ishlab chiqarish bosqichlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Tadbir yakunida korxona mutaxassislari tomonidan eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar, ishlab chiqarish faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari hamda innovatsion loyihalar yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.