O‘zbekiston va Xitoy – qadim sivilizatsiyalar beshigi: TDSHU va Gansu Siyosat va Huquq Universiteti o‘rtasidagi madaniyat va san’at festivali bo‘lib o‘tdi
2025-yil 27-noyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Gansu Siyosat va Huquq Universiteti hamkorligida “O‘zbekiston va Xitoy – qadim sivilizatsiyalar beshigi” nomli madaniyat va san’at festivali tashkil etildi. Tadbir doirasida ikki mamlakatning boy madaniy merosi, an’analari va san’at namunalarini namoyish etish, talaba va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida madaniy almashinuvni rivojlantirishga qaratilgan masalalar haqida so’z yuritildi.
Ushbu festival ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, o‘zaro madaniy aloqalarni kengaytirish hamda talabalar va yosh tadqiqotchilar uchun amaliy tajriba almashish imkoniyatini yaratdi.








