Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Ozod va obod Vatanga baxshida umr”

30.01.2018, 18:46 Yangiliklar 3825

Toshkent davlat sharqshunoslik institutida O‘zbekiston Respublkasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 80 yilligi munosabati bilan “Ozod va obod Vatanga baxshida umr” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Mannonov Abdurahim Mutalovich ochib berdi. Rektor o‘z so‘zida O‘zbekistonni istiqlol yo‘liga boshlagan, buyuk davlat va siyosat arbobi, mard va olijanob inson, shuningdek, Vatanimiz, xalqimiz taraqqiyoti uchun umrini bag‘ishlagan O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning ibratli hayoti va faoliyati mamlakatimiz yoshlarini mustaqillikka sadoqat, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilishini qayd etdi.

Shundan so‘ng, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti professori Jumaev Rustam Ziyatovich so‘zga chiqib, Birinchi Prezidentimizning xalqimiz farovonligi yo‘lida qilgan xizmatlari, uzoqni ko‘zlovchi, oqilona siyosati va shijoati tufayli mamlakat hayotidagi murakkab va qaltis bir damda turli ixtiloflarning oldi olinganligi, sobiq tuzum davrida Qashqadaryo viloyatida ko‘rsatgan qaxramonliklari va tashabbuslari, sobiq tuzumning tahlikali davrida ona tilimizga davlat tili maqomi berilganligi to‘g‘rsida ma’lumotlar berdi.

So‘ng Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sohibi “Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik” fakulteti talabasi Niyozaliev Jasur so‘zga chiqib, o‘zi tayyorlab kelgan videolavhani namoyish etdi. Shuningdek, ota-bobolarimiz asriy orzusini ro‘yobga chiqarishda, Vatanimizni mustaqil va taraqqiyotga yuz tutgan davlat sifatida jahonga tanitishda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning xizmatlari beqiyos ekanini ta’kidladi.

Tadbir so‘ngida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan “O‘zbekkino” milliy agentligi tomonidan tayyorlangan “Mustaqillik me’mori” hujjatli filmi namoyish etildi.

photo_2018-01-30_18-43-08 photo_2018-01-30_18-43-20 photo_2018-01-30_18-43-31 photo_2018-01-30_18-43-33

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi