Qizlar uchun “Ilm-fan oromgohi” tashkil etildi
Yoshlar ishlari agentligining tashabbusi bilan Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Semurg” oromgohida joriy yilning 18-22-avgust kunlari 110 nafar ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanib kelayotgan magistrlar, talabalar, doktorantlar hamda malakali mutaxassislar ishtirokida “Ilm-fan oromgohi” tashkil etildi.
Mazkur loyiha doirasida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori G.Rixsiyeva ham o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etib, ilm dunyosiga katta maqsadlar bilan kirib kelayotgan qizlar jamoasiga o‘z tavsiyalarini berdi.