Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Rektor va talaba qizlar uchrashuvi

17.03.2026, 13:04 Yangiliklar 94

2026-yil 17-mart kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori Gulchehra Rixsiyeva tomonidan talaba-qizlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Mazkur uchrashuv Prezidentimizning 2026-yil 3-martdagi “Ayollar va bolalar huquqlarining himoyasini kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy-huquqiy choralar to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.


Uchrashuv davomida ayollar huquqlarini ishonchli ta’minlash, ularni har qanday tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, talaba-qizlar o‘rtasida erta turmush qurish holatlarining oldini olish, sog‘lom va barqaror oila qurishning ahamiyati haqida tushuntirishlar berildi.

Tadbirda MTDP tomonidan amalga oshirilayotgan “Talaba ona” ijtimoiy loyihasi, uning mazmun-mohiyati hamda yosh onalarni qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi. Shu bilan birga, oilani asrash va mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuvda universitetda mavjud imkoniyatlar, jumladan, “Ona va bola” xonasi faoliyati haqida ham so‘z yuritildi. Talaba-qizlarga universitetdagi markazlardan samarali foydalanish hamda turli to‘garaklarda faol ishtirok etish tavsiya etildi.
Mazkur uchrashuv talaba-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash va xavfsiz muhitni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etdi.