Rishton tumaniga tashrif: Turizm salohiyatini rivojlantirish yo‘lida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi «Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 135-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti «Turizm» kafedrasi mudiri Ch.Xusanov boshchiligida o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, magistrantlar va talabalar 19-may kuni Rishton tumaniga yetib keldi va TDSHU ishchi guruhi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va Atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan turizm mahallasi maqomi berilgan «M.Topvoldiyev» mahallasiga tashrif buyurib, mahalla markazida joylashgan «Xalqaro kulolchilik markazi» faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrif davomida ishtirokchilar Rishton kulolchilik maktabining o‘ziga xos uslublari, milliy naqsh va bezak turlari, ishlab chiqarish texnologiyasini yaqindan o‘rganib, ilmiy asoslangan ma’lumotlar to‘pladilar.
