Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Sharq filologiyasida ota-onalar majlisi

25.02.2018, 00:03 Yangiliklar 3809

Talabalarning ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy madaniyatlarini yanada yuksaltirish borasida ota-onalar bilan yaqin va muntazam aloqani yo‘lga qo‘yish, 2017-2018 o‘quv yili I-yarmi natijalari bilan barcha talabalarning ota-onalarini xabardor etish maqsadida 2018-yilning 24-fevral kuni fakultet talabalari ota-onalari majlisi o‘tkazildi.

Tadbirda fakultet dekani Q.Omonov so‘zga chiqib, mamlakatimiz ilm-fan sohasida institut, xususan, Sharq filologiyasi fakulteti tutgan o‘rin va mavqe’i xususida alohida to‘xtaldi. Bugungi kunda oliy ta’lim tizimida kechayotgan istiqbolli o‘zgarishlar va yangiliklar bilan ota-onalarni tanishtirdi. Yoshlarga oid davlat siyosatining institut miqyosidagi ijrosi, bu borada institut rahbariyati va ota-onalar oldida turgan muhim vazifalar xususida so‘z yuritdi. Ayniqsa, hozirgi kunda davomat masalasi eng yuqori o‘rinlarda muhokama qilinayotganligini, ommaviy-axborot vositalaridan har kuni davomat masalasida ko‘rsatuvlar bo‘layotganini hamda fakultet xususiyatidan kelib chiqqan holda davomat nihoyatda muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidlab o‘tdi. Ikkinchi navbatda, talaba yigit va qizlarning ma’naviyati, yurish turishi, muomala, o‘zini tutishi, kiyinish odobiga alohida e’tibor berishida ota-onalarning o‘rni ham bilinishi kerakligi aytildi. So‘ng joriy o‘quv yili birinchi yarmi yillik natijalari bilan ota-onalar tanishtirildi. Talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatgichini ko‘tarishida ota-onalar tomonidan qulay shart-sharoitlar yaratib berilishi kelishib olindi. Fakultet rahbariyati talabalarning yaxshi o‘qishi uchun barcha sharoitlarni yaratishga harakat qilayotganligi va bitiruvchilarning ishga joylashishida yengillik yaratish maqsadida ularning diplomlariga o‘zlashtirgan sharq tili bo‘yicha mutaxassisligi bilan o‘zlashtirgan g‘arb tili bo‘yicha ham mutaxasisligi yozib berilayotganligi, bu esa ularning ishga joylashishiga katta yordam bo‘layotganligini ta’kidladi. Yig‘ilgan ota-onalar va fakultet rahbariyati kelgusida yaqin va muntazam aloqada bo‘lishga, tez-tez uchrashib hamkorlikda ishlashga kelishib oldilar. Tadbir so‘ngida bilim olishi, ilm-fan bilan shug‘ullanishi, jamoat ishlarida faol ishtiroki, o‘zlashtirishi, davomati, kiyinish va muomala odobi yo‘nalishida saboqdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan fakultetning bir qator yetakchi talabalari ota-onalariga tashakkurnomalar taqdim etildi.

Tadbirda fakultet dekani, dekan muovinlari, fakultetga biriktirilgan kafedralar mudirlari, barcha yo‘nalishlar murabbiylari va ota-onalar ishtirok etdilar.

Umumiy yig‘ilishdan so‘ng kafedralar kesimida suhbatlar davom etdi.

photo_2018-02-24_23-26-52 photo_2018-02-24_23-26-55 photo_2018-02-24_23-27-00 photo_2018-02-24_23-27-04