Sharq quyoshi o‘zingsan, ayol!

2025-yil 6-mart kuni TDSHUda 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan “Sharq quyoshi o‘zingsan, ayol!” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Sharq ayolining go‘zalligi, ma’naviyati va ilmiy salohiyatini namoyon etuvchi ushbu bayramda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, talabalar ishtirok etdilar.
Shuningdek, Muqimiy nomidagi o‘zbek davlat musiqali drama teatri aktyori Turg‘un Beknazarov, estrada xonandasi Abdulla Qurbonov, Aziz Azizov, hamda universitet “Dutorchilar” , “Sanduvoch” ansambli, “Yurtim qadriyatlari”, “Sharq yulduzi” guruhi tomonidan milliy kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.