Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Sharqshunos tahlilchilar” intellektual klubi

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi “Sharqshunos tahlilchilar” ilmiy-tahlil klubi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 16 apreldagi PQ-4680-sonli “Sharqshunoslik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi karori asosida Sharq mamlakatlaridagi siyosiy jarayonlarni chuqur tahlil etish, ushbu jarayonlarni ilmiy jihatdan oʼrganish, professional sharqshunos tahlilchilarni tayyorlash hamda boʼlajak sharqshunos mutaxassislarning ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishga koʼmaklashish maqsadida tashkil etilgan.

 

 2 Klub rahbari:

PhD Suhrob Bo‘ronov

 3 Koordinator:

Quvonchbek Mahmudov

 

 

 

Maqsad: Sharq mamlakatlaridagi siyosiy jarayonlarni chuqur tahlil eta oladigan, professional, dunyoqarashi keng, zamon bilan hamnafas sharqshunos tahlilchilarni tayyorlash.

Vazifalari:

  1. Sharq mamlakatlarida yuz berayotgan voqea-hodisalar haqida tahliliy ma’lumotlar yozish;
  2. Xalqaro munosabatlarga oid bestseller xorijiy asarlarni o‘zbek tiliga tarjima qilish;
  3. Respublika va xorijiy jurnallarda, gazetalarda ilmiy maqolalar chop etish;
  4. Konferensiyalar va davra suhbatlari o‘tkazish;
  5. Sharqshunos elchilar, diplomatlar va siyosatshunoslar bilan uchrashuvlar o‘tkazish.

A’zo bo‘lish: Ariza va klub a’zolarining suhbati asosida

Klub yig‘ilishini o‘tkazilish vaqtlari: Har oyning oxirgi shanbasi

 

Ijtimoiy tarmoqlarga havola:

Telegram  | Instagram | Facebook  | You Tube  | Twitter

08.01.2024, 14:01 512