SHHT Xalq diplomatiyasi markazi bilan uchrashuv
2022 yilning 18 aprel kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Durbek Sayfullaev va Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Nodir Abdullaev SHHT Xalq diplomatiyasi markazi direktori Qobiljon Sobirov bilan uchrashib, ikki tashkilot o‘rtasida imzolangan anglashuv memorandumi doirasida xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlarini muhokama qilishdi.
Uchrashuv mobaynida TDSHU va SHHT Xalq diplomatiyasi markazi tomonidan o‘zaro hamkorlikda o‘tkazilayotgan ilmiy konferensiyalar, davra suhbatlari davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, birgalikda ilmiy nashrlarni tayyorlash borasida fikr almashildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 30 yilligini nishonlash tadbirlari doirasida 2022 yilda xitoylik olimlar bilan hamkorlikda xalqaro ilmiy tadqiqot loyihasini amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish yuzasidan kelishuvga erishildi.