Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Kechki va sirtqi bo’lim

654 BITURAEV UKTAMJON BAZARBAYEVICH
Ilmiy darajasi va unvoni: Katta o‘qituvchi
Lavozimi: Bo‘lim boshlig‘i
Qabul vaqtlari: Har kuni (14:00-16:00)
Telefon raqami: +998901271539
E-mail: skbb@tsuos.uz

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Sirtqi bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi “Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) va kechki (smenali) ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 930-son Qarori asosida tashkil etildi. Universitetda sirtqi ta’lim kuyidagi shakllarda: sirtqi shakl hamda ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot berishning sirtqi shaklida olib boriladi.

Sirtqi bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, farmoyishlari, qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyruqlari, universitet rektorining buyruqlari hamda bo‘lim Nizomiga amal qiladi.

Sirtqi bo‘limning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:

  • sirtqi ta’limni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish;
  • talabalarning malakaviy amaliyotlarini tashkil qilish bo‘yicha ish beruvchilar bilan shartnomalar tuzish;
  • o‘qitishning yangi texnologiyalari tatbiq qilinishini va talabalar o‘zlashtirishi nazorat qilinishini ta’minlash;
  • talabalarning bitiruv malakaviy ishlari mavzularini muvofiqlashtirish va tasdiqlash;
  • talabalar bilan o‘quv va tarbiyaviy ishlar olib borish samaradorligini oshirish choralarini ko‘rish;
  • mehnat muhofazasi, texnika va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha tadbirlarni, bo‘lim xodimlarining ichki tartib va mehnat intizomi qoidalariga rioya qilishini tashkil etish;
  • o‘quv jarayonini ta’minlaydigan professor-o‘qituvchilarning o‘quv-metodik, ilmiy ishlarini rejalashtirish, tashkil etish va muvofiqlashtirish;
  • universitet Kengashi majlislarida, rektoratda, fakultet va kafedralarda sirtqi ta’lim manfaatlarini himoya qilish va amalga oshirish;
  • talabalarning kurs ishi va bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik qilish uchun sirtqi ta’limda o‘quv jarayonini ta’minlaydigan professor-o‘qituvchilarni taqsimlash;
  • sirtqi bo‘limning oliy ta’lim muassasasining boshqa tuzilmalari bilan o‘zaro aloqasini ta’minlash va boshqalar.

 

Sirtqi bo‘limda ta’lim jarayoni. Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida sirtqi ta’lim shakli 2018-2019 o‘quv yildan joriy etilgan. Sirtqi bo‘limda bo‘lim boshlig‘i va 1 nafar uslubchi faoliyat olib boradi.

2022-yil 30-avgust holatiga ko‘ra universitet Sirtqi bo‘limida jami 746 nafar talaba tahsil olmoqda. Shundan, 1-kursda 300 nafar, 3-kursda 193 nafar talaba, 4- kursda 171 nafar talaba, 5-kursda 82 nafar talaba.

2022-2023-o‘quv yilida TDSHU Sirtqi bo‘limida jami akadem guruhlar soni 30 ta bo‘lib, ulardan 20 tasida o‘zbek tilida, 10 tasida rus tilida ta’lim beriladi.

2022-2023 o‘quv yilida Sirtqi bo‘limda quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda:

Ta’lim yo‘nalishi
shifri nomi
1 5120500 Falsafa (sharq falsafasi va madaniyati)
2 5210300 Siyosatshunoslik
3 5120300 Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha)
4 5120700 Jahon siyosati (mintaqalar bo‘yicha)
5 5231000 Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha)
6 60310800 Xalqaro munosabatlar
7 60411900 Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari bo‘yicha)

 

SIRTQI BO’LIMFAOLIYATINI TASHKIL ETISHGA OID MEYORIY- HUQUQIY HUJJATLAR

 

“Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”dagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori (393-son 20.06.2017)

“Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) va kechki (smenali) ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori (930-son 21.11.2017)

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori (824-son 31.12.2020)

“Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”dagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘i (3069-son. 26.09.2018)

 

2024-2025 o‘quv yili SIRTQI ta’lim shakli o‘quv grafigi ❗️❗️

👉 Kuzgi semestr

1-kurslar – 2024 yil 14-26 oktabr, 2024 yil 13-25 yanvar
2-kurslar – 2024 yil 25 noyabr-21 dekabr
3-kurslar – 2024 yil 28 oktyabr – 23 noyabr
5-kurslar – 2024 yil 25 noyabr-21 dekabr
👉 Bahorgi semestr

1-kurslar – 2025 yil 28 aprel -24 may
2-kurslar – 2025 yil 31 mart – 26 aprel
3-kurslar – 2023 yil 4-29 mart
5-kurslar – 2025 yil 31 mart – 26 aprel

❗️ MALAKAVIY AMALIYOT

1-kurs – Turizm yo‘nalishi uchun faqat 2024 yil 27 yanvar – 22 fevral

3 kurslar uchun – 2025 yil 27 yanvar – 22 fevral

5-kurs uchun – 2025 yil 27 yanvar – 8 mart

❗️ 5-kurs uchun

✅ Akadem qarzdorlar uchun yozgi semestr 2025 yil 26 may – 7 iyun

✅ Davlat attestatsiyasi – 2025 yil 9-28 iyun

28.10.2024, 12:25 17368