Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

“Siyosiy tahlilchi kadrlar tayyorlashning dolzarb masalalari” mavzusidagi “Sharqshunos tahlilchilarning I Respublika forumi”

19.02.2026, 11:15 E'lonlar 143

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI

AXBOROT XATI

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi tomonidan 2026-yil 25-aprel kuni “Siyosiy tahlilchi kadrlar tayyorlashning dolzarb masalalari” mavzusidagi “Sharqshunos tahlilchilarning I Respublika forumi” oʻtkaziladi.

Forum quyidagi shu’balarda ish yuritadi:

  1. Siyosiy tahlilni rivojlantirish masalalari
  2. Siyosiy tahlilchilar tayyorlashda xorij tajribasi
  3. Siyosiy tahlilchilar tayyorlashning muammo va yechimlari
  4. Strategik tahlil sohasida kadrlar tayyorlash istiqboli

 

Maqolalarni forum materiallari ilmiy toʻplamiga kiritish uchun 2026-yil 10-aprelga qadar tashkiliy qoʻmitaga taqdim etish zarur.

– Maqola xalqaro talab darajasidagi IMRAD shaklida yozilgan bo‘lishi lozim

– Maqolalar matni toʻliq 8-10 bet hajmda elektron shaklida joʻnatilishi lozim; Matn (Microsoft word (Word 2000, XP yoki 2003) dasturida (Word-2007, 2010 dan tashqari) Times New Roman (oʻzbek, rus va ingliz tilida), shrifti 14 kegel kattaligida; tezis 1,5 intervalda, chapdan 30 mm, oʻngdan 15 mm, yuqoridan va pastdan 25 mm joy qoldirilgan holda kiril alifbosida rasmiylashtirilgan boʻlishi lozim; maqola yoki tezis mavzusi bosh harflarda koʻrsatiladi, undan ikki qator pastda muallifning ismi sharifi bosh harflari va familiyasi, ilmiy darajasi, ish joyi va lavozimi toʻliq koʻrsatiladi, undan 2 interval tashlab matn keltiriladi. Iqtiboslar maqola oxirida keltirilishi lozim.

Forum materiallarining indekslanishi

Forumga qabul qilingan har bir maqola google scholar, Zenodo va Open Aire xalqaro maʼlumotlar bazalarida, www.ilmiyanjumanlar.uz platformalarida joylashtiriladi hamda Google xalqaro qidiruv tizimida indekslanadi.

Har bir maqolaga individual DOI raqami beriladi.

Forum ishtirokchilariga sertifikatning elektron varianti va indekslangan maqolaning pdf formati taqdim etiladi.

Forum materiallari elektron to‘plam shaklida chop etiladi.

Matn ilmiy, texnik va stilistik tahrir qilingan boʻlishi lozim.

Barcha talablarga javob bergan maqolalar forum materiallari toʻplamiga kiritilib, nashr etiladi.

Maqolada keltirilgan materiallar uchun muallif(lar) masʼuldir.

Forum materiallari toʻplami xoʻjalik shartnomasi asosida nufuzli xorijiy indekslanadigan bazaga joylanadi, forum to‘plami sifatida nashr qilinadi va xarajatlar mualliflar tomonidan qoplanadi (Maqola uchun umumiy toʻlov – 150.000 soʻm). Maqolalar 10-aprelga qadar quyidagi telegram hamda elektron pochta manziliga yuborilishi zarur. Telefon raqam: +998905572703. Elektron pochta manzil: odamboyyuldashev@icloud.com

Tashkiliy qoʻmita: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi “Sharqshunos tahlilchilar” intellektual klubi. Toshkent shahar, A.Temur shoh koʻchasi, 20-uy.

Muloqot uchun masʼul: Sardor Rahimov. Tel: +998330405200/+998912995649.

 

 

MAQOLA XALQARO TALAB DARAJASIDAGI IMRAD SHAKLIDA YOZILGAN BO‘LISHI LOZIM

Maqola talablariga moslangan quyidagi tayyor shakldan foydalanish tavsiya etiladi:

Maqolaning bo‘limlari

Sarlavha

Mualliflar va boshqa ma’lumot (F.I.Sh., ish joyi, tadqiqot maskani, ilmiy unvon, pochta manzili,)

Annotatsiya

Kalit so‘zlar

Kirish bo‘limi

Metodlar bo‘limi

Natijalar bo‘limi

Munozara bo‘limi

Qo‘llanilgan manbalar ro‘yxati (bibliografik ma’lumot)

Maqola asosiy qismiga tegishli bo‘limlari ketma-ketligini o‘zgartirish mumkin emas!

MAQOLANING NOMI (14 O‘LCHAMDA QALIN, KATTA HARFLI FORMATDA O‘RTADA JOYLASHISHI LOZIM: ILTIMOS, BU SHAKLNI O‘ZGARTIRMANG)

Muallifning ismi,

familiyasi

Ish joyi

ilmiy unvon

Elektron pochta manzili

*3 nafardan kam mualliflar soniga qarab ustunlar o‘zgarishi mumkin

Annotatsiya: Annotatsiya berilgan shakl va ko‘rinishda bo‘lishi lozim. Iltimos, bu shaklni o‘zgartirmang. Annotatsiya 150-200 so‘zdan hamda 8-12 kalit so‘zlardan iborat bo‘lishi lozim. Annotatsiya (ingliz tilida ABSTRACT) («Resume», «Summary» nomlanishi ham mumkin) va kalit so‘zlar (keywords) xalqaro tizimlarda indekslanishi uchun ingliz tilida ham berilishi zarur.

Kalit so‘zlar: bu yerga 8-12 so‘zdan iborat maqoladagi asosiy urg‘u olgan atamalarni yozish maqsadga muvofiq.

 

KIRISH (KATTA HARFLARDA 14 o‘lchamda, Times New Roman bosma shaklda)

Bu bo‘limda maqolaning kirish qismi yoziladi. 14 o‘lchamda, Times New Roman bosma shaklda, alohida xatboshiga ajratilgan holatda. Kirish qismida kichik sarlavhalar mavjud bo‘lsa, 14 o‘lchamda, qalin, Times New Roman bosma yozuvida, alohida xatboshiga ajratib yoziladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR (KATTA HARFLARDA 14 o‘lchamda, Times New Roman bosma shaklda)

Bu bo‘limda ishning adabiyotlar tahlili va metodlari yoritiladi. 14 o‘lchamda, Times New Roman bosma shaklda, alohida xatboshiga ajratilgan holatda. Adabiyotlar tahlili va metodlari qismida kichik sarlavhalar mavjud bo‘lsa, 14 o‘lchamda, qalin, Times New Roman bosma yozuvida, alohida xatboshiga ajratib yoziladi.

NATIJALAR

Bu bo‘limda maqolaga oid bo‘lgan natijalar (jadvallar, grafiklar, diagrammalar v.h.) berilishi mumkin. 14 o‘lchamda, Times New Roman bosma shaklda, alohida xatboshiga ajratilgan holatda.Natijalar qismida kichik sarlavhalar mavjud bo‘lsa, 14 o‘lchamda, qalin, Times New Roman bosma yozuvida, alohida xatboshiga ajratib yoziladi. Jadvallar uchun 10 o‘lchamni ishlatish masadga muvofiq. Jadval, grafik va boshqa shunday shakllar berilgan satrning o‘rtasida 1-jadval/1- diagramma va hokazo kabi nomlanishi lozim.

MUHOKAMA (KATTA HARFLARDA 14 o‘lchamda, Times New Roman bosma shaklda)

Ushbu bo‘limda natija va muammolar muhokamasi bayon etiladi. 14 o‘lchamda, Times New Roman bosma shaklda, alohida xatboshiga ajratilgan holatda. Muhokama qismida kichik sarlavhalar mavjud bo‘lsa, 14 o‘lchamda, qalin, Times New Roman bosma yozuvida, alohida xatboshiga ajratib yoziladi.

XULOSA (KATTA HARFLARDA 14 o‘lchamda, Times New Roman bosma shaklda)

Bu bo‘limda maqolaning tugallangan xulosasi keltiriladi. 14 o‘lchamda, Times New Roman bosma shaklda, alohida xatboshiga ajratilgan holatda. Xulosa qismida kichik sarlavhalar mavjud bo‘lsa, 14 o‘lchamda, qalin, Times New Roman bosma yozuvida, alohida xatboshiga ajratib yoziladi.

 

 

ADABIYOTLAR RO‘YXATI (REFERENCES) (KATTA HARFLARDA 14 o‘lchamda, Times New Roman bosma shaklda)

Adabiyotlar ro‘yxati uchun 12 o‘lcham, Times New Roman bosma shakl, interval 1.15 alohida xatboshiga ajratilgan holat ishlatiladi.

Mualliflar adabiyotlar ro‘yxatini shakllantirishda Yevropa, AQSH va bir qator Osiyo mamlakatlari APA formatidagi bibliografik ro‘yxatni talab etadi.

Rossiya Federatsiyasi hududidagi jurnallar esa «Стиль»ning «ГОСТ-сортировка по именам» formatini talab etadi. “Amerika Psixologiya Assotsiatsiyasining nashr qilish qo‘llanmasi” (The Publication Manual of the American Psychological Association)ga alifbo tartibida amal qilishlari lozim. https://www.snoskainfo.ru/

GOSTga muvofiq bibliografik ma’lumotlarning to‘g‘ri dizayni uchun manbadan foydalanish lozim.

Maqola xalqaro bazalarda indekslanishi uchun o‘zbek tilida berilgan adabiyotlar ro‘yxati ingliz tilida (REFERENCES) alohida xatboshida keltirilishi zarur. Iqtibos keltirilgan adabiyotning tartib raqami maqola matnida keltirilgan [raqam] bosma belgisidagi tartib raqamga mos kelishi lozim. Quyida turli adabiyotlar uchun namunalar keltiriladi:

  1. Muallif(lar). Manba nomlanishi – Hudud.: Nashriyot nomi, chop etilgan yili. – bet….

(Masalan: Qodirov M. Markaziy Osiyo, Yaqin va O‘rta Sharqning falsafiy tafakkuri (o‘rta asrlar). –T.: Sharq, 2010. – бет 189. (Qavs ichida ingliz tilidagi tarjimasi // Английский перевод в скобках // English translation in brackets) (Times New Roman; 12 shrift; interval 1.15)

Kitoblar

G‘oziyev.E.G‘. Umumiy pisixologiya –T.: Sharq, 2010. – бет 459.

Jurnallar

Doniyorov H.T. O‘zbekistonda dunyoviylik va diniylik muvozanatini ta’minlash – ijtimoiy bararorlikning bosh omili sifatida. “Jamiyat va bosharuv” jurnali. Toshkent, 2018 yil – № 2 – B. 57-61.

Pulatova M.R. Handwritten copies of «Arba’in»works // Indonesian Journal of Education Methods Development. Volume 8, November 2019. – Р. 194-196. ISSN: 0738-0593 (№23, SJIF – 5.083).

Vebsayt

Barduhn, S. (2014). Developing cross-cultural awareness in the monolingual classroom. Teaching English, British Council, BBC. https://www.teachingenglish.org.uk/article/developing-cross-cultural-awarenessmonolingual-classroom-0

Ikki va undan ortiq mualliflar

Kodirov M, Pulatov Sh., & Madalimov T., “Some Characteristics of Modern Indian Philosophy” International Journal of Multidisciplinary Research and Publications ISSN (Online): 2581-6187// Impact Factor (SJIF): 5.302

 

 

NAMUNA

1-ilova

MAVZU

Abdullayev Abdulla Abdullayevich

ishlaydigan tashkilot nomi va lavozimi

abdullayev.a@gmail.com

Annotatsiya: Annotatsiya o’rtacha 150-200 bosma belgidan iborat bo‘lishi lozim. Agar maqola o’zbek va rus tilida yozilgan bo‘lsa, Annotatsiyadan keyin, albatta, ingliz tilida ABSTRACT beriladi.

Kalit so‘zlar: Kalit so’zlar o’rtacha 8-12 so‘zdan iborat bo‘lishi lozim.

Maqola xalqaro IMRAD talablari asosida ya’ni 1) kirish, 2) Adabiyotlar tahlili va metodlar, 3) Muhokama,4) natijalar, 5) xulosa va bibliografiya (References) qabul qilinadi.

KIRISH (ВЕДЕНИЕ / INTRODUCTION)

Kirish, kirish, kirish, kirish, kirish, kirish, kirish, kirish, kirish, kirish, kirish, kirish, kirish, kirish, kirish, kirish, kirish, kirish.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METOD (ЛИТЕРАТУРА И МЕТОД / LITERATURE REVIEW)

Materiallar va metodlar, materiallar va metodlar, materiallar va metodlar, materiallar va metodlar, materiallar va metodlar, materiallar va metodlar [1] (iqtibos)

MUHOKAMA (ОБСУЖДЕНИЕ / DISCUSSION)

Muhokama va natijalar, muhokama va natijalar, muhokama va natijalar, muhokama va natijalar, muhokama va natijalar, muhokama va natijalar [2] (iqtibos)

NATIJALAR (РЕЗУЛЬТАТЫ / RESULTS)

Muhokama va natijalar, muhokama va natijalar, muhokama va natijalar, muhokama va natijalar, muhokama va natijalar, muhokama va natijalar [2] (iqtibos)

XULOSA (ЗАКЛЮЧЕНИЕ / CONCLUSION)

Xulosa, xulosa, xulosa, xulosa, xulosa, xulosa, xulosa, xulosa, xulosa, xulosa, xulosa, xulosa, xulosa, xulosa, xulosa, xulosa, xulosa, xulosa, xulosa.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI (ИСПОЛЬЗОВАННАЯ ЛИТЕРАТУРА / REFERENCES)

  1. Buranov S.M. China’s geopolitical role and influence in solving the modern Afghan problem // International conference «Scientific research of the SCO countries: synergy and integration», Beijing. 2020. – P.127-132.
  2. Rahmatjonova K. Hindiy va o’zbek tillaridagi kelishik shakllarida izomorfizm hodisasi // Ilm sarchashmalari. – Urganch davlat universitetining ilmiy-metodik jurnali, №1, 2019 yil. – B. 38-40

(Agar maqolalar o‘zbek, tojik yoki rus tilida yozilgan bo’lsa, adabiyotlar ro‘yxatidan keyin, albatta, ingliz tilida REFERENCES beriladi. Ya’ni o‘zbek, rus tillarida berilgan adabiyotlar ro‘yxati o‘sha tilning o‘zida Referencesga ko‘chirib qo‘yiladi).