Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rahbariyati va professor-o’qituvchilari O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida o’tkazilgan Buyuk davlat arbobi va sarkarda, ilm-fan, madaniyat va san’at homiysi Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan «AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR TAMADDUNINING JAHON TARIXI VA MADANIYATIDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI» mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi.
Shuningdek universiteti mas’ul xodimlari hamda talabalari milliy davlatchiligimiz timsoli, buyuk sarkarda Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan Sohibqiron haykali poyiga gul qo‘yish marosimida ishtirok etdilar.
Shundan so‘ng, ular yaqinda rekonstruksiya qilingan “Temuriylar tarixi davlat muzeyi”ga tashrif buyurib, zamonaviy uslubda yangilangan noyob eksponatlar bilan tanishdilar.