Sport — kuch, birlik va g‘alaba!
2026-yil 19-mart kuni TDSHU rektori Gulchehra Rixsiyeva talaba sportchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.



Uchrashuv davomida sport sohasidagi yutuqlar, kelgusidagi rejalar hamda talaba sportchilar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar muhokama qilindi hamda universitetda sport turlarini rivojlantirish bo’yicha talabalar takliflari tinglandi.





Shuningdek, tadbir doirasida talabalar o‘rtasida sport musobaqalari ham tashkil etilib, ular kurash, stol tennis, basketbol hamda arqon tortish yo‘nalishlarida o‘z mahoratlarini namoyish etdilar.



Bellashuvlar qiziqarli va murosasiz ruhda o‘tib, talaba sportchilarning jismoniy tayyorgarligi hamda jamoaviylik ko‘nikmalari yana bir bor namoyon bo‘ldi.



