“Sport – salomatlik garovi” shiori ostida o’tkazilgan sport musobaqalari bo’yicha Toshkent shahar bosqichida universitet xodimlari faol ishtirok etishdi
11- noyabr -O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni bayrami munosabati bilan tarmoq kasaba uyushmasi Toshkent shahar kengashi kubogi uchun ta’lim muassasalari va tashkilotlarining professor-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlari o‘rtasida “Sport – salomatlik garovi” shiori ostida 21-22-noyabr kuni o‘tkazilgan sport musobaqalarida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti jamoasi vakillari ham faol ishtirok etishdi.
Sportning shashka turi bo‘yicha ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti kafedrasi stajyor – o‘qituvchisi Oygul Turlibekova 1-o‘rinni, shaxmat turi bo‘yicha O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri Shirin Sodiqova 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.
Erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan shaxmat turi bo‘yicha Sharq sivilizatsiyasi va tarix fakulteti tyutori Izzatbek Raximboyev 3-o‘rinni, stol tennisi turi bo‘yicha esa Sharq mamlakatlari tarixi va antropologiyasi kafedrasi dotsenti Aziz Xilyamovich Xudoyberdiyev 3- o‘rinni egallashga erishdilar.
Futbol turi bo‘yicha esa universitetimizning azamat yigitlari Farxod Dehqonov, Diyorbek Narimanov, Xondamir Sharapov, Imomiddin Qarshiyev, Jahongir Javmirov, Nodir Vaxobov, Saloxiddin Olimjonov, Bexzod Zokirov, Latifboy Sobirov va Javlon Sobirovlar faxrli II-o‘rinni egallashdi.
Sport musobaqalarida ishtirok etgan va natijaga erishgan barcha ishtirokchilar O‘zbekiston Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar bo‘linmasi kengashi tomonidan diplomlar va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.