Madaniy diplomatiya va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash
TDSHU Xitoy filologiyasi kafedrasi dotsenti Xasanova Feruza O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligining rasmiy delegatsiyasi bilan 2024-yil 20-27-yanvar kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahriga xizmat safarida bo‘ldi. TDSHU dotsenti “O‘zbekiston madaniyati kunlari” tadbirida tarjimon sifatida ishtirok etdi. Tadbirning ochilish marosimida Madaniyat vaziri Nazarbekov O.ning nutqlarini hamda madaniyat vazirligining turli rasmiy uchrashuvlarida vazirning nutqlari va munozaralarini tarjima qildi.