Sulton Qobus universiteti bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda
2026-yil 30-mart kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Ummon Sultonligining Sulton Qobus universiteti vakillari bilan, ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida universitetlar o‘rtasida imzolangan hamkorlik bitimlarini yangilash, qo‘shma ta’lim dasturlari orqali talabalar almashinivuni yo‘lga qo‘yish va o‘qituvchilar malakasini oshirish kurslarini tashkil qlish masalalari ko‘rib chiqildi.
TDSHU vakillari tomonidan bir qancha takliflar ilgari surildi. Jumladan:
Yangi hamkorlik shartnomasi va 3 yillik yo‘l xaritasini ishlab chiqish;
Qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish(1+1 magistr talabalari uchun);
Professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi dasturlari;
Qo‘shma ilmiy loyihalar va xalqaro konferensiyalarni amalga oshirish;
Xorij tomoni ilgari surilgan barcha takliflarni yuqori baholadi va hamkorlikni yangi bosqichda davom ettirishga tayyor ekanliklarini ma’lum qildilar. Shuningdek xorij tomoni yangi namunadagi hamkorlik bitimini imzolash tashabbusini ilgari surib, hamkorlik ijrosi yuzasidan mas’ul shaxslarni tayinlash kerakligini aytib o‘tdilar.

