Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

O‘ZBEKISTON-YAPONIYA MADANIYATLARI ALMASHINUVI MARKAZI

12 Markaz direktori: MATCHANOV ELYOR OMONBOYEVICH
Qabul vaqti: Har kuni (10:00-12:00)
Tel: +99893 599-26-13
e-mail: ydec@tsuos.uz

 

Markazning vazifalari

 Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:

– O‘zbekiston va Yaponiya madaniy almashinuvi doirasida ikki davlat aloqalarini mustahkamlashda poydevor bo‘la oladigan ishlarni amalga oshirish, mazkur yoʻnalishda ilmiy-pedagogik xodimlarni tayyorlash hamda mahalliy va xorijiy hamkorlar bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;

– O‘zbek va yapon tilidagi adabiy, tarixiy, falsafiy asarlarni har tomonlama chuqur oʻrganishga yoʻnaltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda yurtimiz qadriyatlari va milliy madaniy merosimizni dunyo miqyosida targʻib etish;

– O‘zbekiston va Yaponiya madaniy almashinuvi doirasida turli darajalarda ilmiy konferensiya, seminar, mahorat darslari va davra suhbatlari oʻtkazish;

– Markaz faoliyati bilan tanishtiruvchi materiallarni hamda soha boʻyicha erishilgan ilmiy natijalarni respublika va universitet nashrlarida muntazam chop etib borish;

– Markazda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va boshqa ta’lim muassalarida yapon tilini o‘rganayotganlar uchun yapon tilidan (A1 dan C1 daraja) to‘garaklarini tashkil qilish,  sinov testlarini o‘tkazish, talabalarning milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlariga hujjat topshirish va qo‘lga kiritishlarida qo‘llab-quvvatlash;

– Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Yaponiya madaniyati kunlari”ni tashkil etish va uni OAVlarida yoritib borish;

– O‘zbekiston va Yaponiyaning mashhur adabiyot vakillarining shoh asarlarini, mashhur kinofilmlarini, multfilmlarini tarjima qilishda amaliy yordam ko‘rsatish;

– Markaz ishiga yurtimiz va chet ellarda faoliyat olib borayotgan yetakchi sharqshunos olimlarni jalb qilish.

– Iqtidorli talabalar, magistrantlar, doktorantlar bilan birgalikda startap, innovatsion loyihalar ishlab chiqish, O‘zbekiston va Yaponiya davlatlari muassasalari bilan yaqin hamkorlik oʻrnatish, ilmiy seminarlar va loyihalar taqdimotlarini oʻtkazish.

  1. Markaz unga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

– Universitet ilmiy tadqiqot ishlari hamda markazning ish rejasidan kelib chiqib, tadqiqot ishlarini amalga oshiradi;

– O‘zbekiston va Yaponiyaga oid dolzarb masalalari boʻyicha seminarlar, davra suhbatlari, konferensiyalar tashkil etadi;

– Talabalarni Yaponiyada malakaviy amaliyot va stajirovka o‘tashlari uchun hamkor universitetlar va boshqa ta’lim muassalarini jalb qiladi, yangi tashkilotlar bilan hamkorlik shartnomalarini imzolashni tashkil etadi;

– Yaponiyadagi universitetlari va ta’lim muassalarida malakaviy amaliyot va stajirovka o‘tashlari belgilangan talabalarga xo‘jalik shartnomasi asosida yapon mutaxasislari tomonidan tashkil qilingan “Yaponiyaga marhamat” mahorat darslarini o‘tkazadi,  safar bilan bog‘liq hujjatlarini rasmiylashtirish va tarjima qilishda amaliy yordam ko‘rsatadi.

– Universitetning va Markazining tasdiqlangan rejasi asosida tadqiqot natijalarini keng jamoatchilikka yetkazish uchun tahliliy maqolalar, tahliliy maʼruzalar tayyorlaydi;

– Xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlikda oʻquv kurslarini, oʻquv adabiyotlarini tayyorlashda ishtirok etadi;

– Universitet maqsadi va vazifalariga zid kelmaydigan boshqa tahliliy loyihalarda ishtirok etadi;

– Markaz ishini tashkil etishga universitet professor-oʻqituvchilari, talabalari, tadqiqotchilari, magistrlarini, shuningdek, davlat boshqaruv organlarining xodimlari, tahliliy markazlarning, ilmiy muassasalarning vakillari, xorijiy davlatlarning mutaxassislarini jalb etadi;

28.10.2024, 14:06 715