Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Talabalar bilan muloqotlar davom etmoqda

28.01.2017, 10:37 Yangiliklar 4029

Toshkent davlat sharqshunoslik institutida talaba-yoshlar bilan uchrashish an’anaga aylanib bormoqda. Joriy yilning 27-yanvar kuni institut rahbariyatining “Xitoyshunoslik” fakulteti talaba-yoshlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Muloqot tarzida o‘tkazilgan uchrashuvda institut rektori, barcha prorektorlar, fakultet rahbariyati va barcha fan o‘qituvchilari hamda “Kamolot” YIH institut BT rahbarlari va Kengash a’zolari ishtirok etdilar. Yig‘ilishni institut rektori filologiya fanlari doktori, professor A.Mannonov boshqarib bordi. U o‘z so‘zida institutda ma’naviy-ma’rifiy, o‘quv va ilmiy sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, u kuni kecha Oliy ta’lim vazirligida bo‘lib o‘tgan Hay’at yig‘ilishi va unda ko‘tarilgan masalalar haqida gapirib, talaba-yoshlarning dars mashg‘ulotlariga o‘z vaqtida kelishlari hamda ularning kiyinish madaniyatiga qat’iy rioya qilishlari eng dolzarb masalalardan biri bo‘lganligi, xuddi shu masala bo‘yicha “Xitoyshunoslik” fakultetida ham talaygina muammolar borligi, ayniqsa, qizlarning kiyinish madaniyatiga e’tiborlari sust ekanligi, fakultet rahbarlari va murabbiylari ushbu yo‘nalish bo‘yicha yetarli ishlarni amalga oshirishlari lozimliklarini ta’kidlab o‘tdi. “Xitoyshunoslik” fakulteti nafaqat institutda, balki dunyodagi eng nufuzli fakultetlardan biri ekanligi, shuning uchun unda ta’lim olayotgan talabalar har jihatdan barchaga o‘rnak bo‘lishlari lozimligi aytib o‘tildi. Institutda talabalarning ta’lim olishlari uchun barcha shart-shroitlar borligi, faqat undan oqilona foydalanish kerakligi aytildi. Birgina institutning Axborot resurs markazi misolida oladigan bo‘lsak, undan talabalar tomonidan foydalanish koeffisienti ham quvonarli emas deb baholandi.

Fakultet dekani dots. S.Xashimova, kafedralar mudirlari prof. Karimova N.D., dots.Shozamonov Sh., “Kamolot” YoIH fakultet sardori va boshqalar so‘zga chiqib, fakultet faoliyatidagi bu kabi kamchiliklarni tez orada bartaraf etishga bor imkoniyatlarini ishga solishlari, har bir talaba bilan jiddiy ish olib borishlarini ta’kidladilar. Institut prorektorlari Sh.Oripov, N.Abdullaev, G.Rixsiyevalar ham so‘zga chiqib, fakultet talabalariga o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida tushintirish berdilar. Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirayotgan savollarga institut rahbariyatidan batafsil javob oldilar.

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi