Talabalar uchun “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini o‘rganish” bo‘yicha maxsus kurs
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida 8- dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan, joriy yilning 4-dekabr sanasidan e’tiboran barcha ta’lim yo‘nalishlari va magistratura talabalari uchun “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini o‘rganish” boʻyicha maxsus kurs o‘qitilishi yo‘lga qo‘yildi.
Mazkur kurs Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tavsiya etilgan o‘quv dasturi asosida, malakali professor-o‘qituvchilar hamda tyutorlar tomonidan o‘qitilmoqda.