Talabalar uchun yangi imkoniyat!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025- yil 14 -fevraldagi PQ-61-son qaroriga muvofiq, “O‘zmilliybank” AJ “Kelajakka qadam” markazi hamda “Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti” o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi.
Bunda:
“O‘zmilliybank” AJ tomonidan universitet talabalarning biznes g‘oyalarini moliyalashtirish;
Bitiruvchi va quyi bosqich talabalari o‘rtasida sohalar bo‘yicha ochiq tanlovlar o‘tkazish va g‘oliblarni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish.
talabalarni mahalliy ishlab chiqarish obyektlari hamda xorijdagi oliy ta’lim tashkilotlarida haq to’lanadigan amaliyotlarini tashkil etish ko’zda tutilgan.
Qo’shimcha ma’lumot uchun: Talabalar amaliyoti va karyera markaziga murojaat qilishingiz mumkin.