“Tashabbus yoshlarga baxsh etar qanot” shiori ostida Shaxram G’iyosov bilan bo’lgan uchrashuv
10-dekabr kuni ToshDSHIda talaba-yoshlarni jismoniy tarbiyaga, sportga bo‘lgan qiziqishlari va ularning jismoniy faolligini yanada oshirish maqsadida O‘zbekistonni dunyoga tanitgan buyuk sportchilar bilan bevosita suhbatlashish imkoniyatini beruvchi uchrashuvlardan navbatdagisi boks bo‘yicha Jahon va Osiyo chempioni, Rio Olimpiadasi kumush medali sovrindori Shaxram G‘iyosov bilan bo’lib o’tdi.