TDSHI vakillari ilk marotaba tashkil etilgan Respublika ilmiy konferensiyasida faol ishtirok etishdi
2019-yilning 9-mart kuni ilk marotaba «Bilim karvoni» nodavlat notijorat tadqiqot markazi, YXHT O’zbekistondagi vakolatxonasi, Friedrich Ebert Stiftung Fondi (Germaniya) tomonidan 21-asrda «O’zbekistonda siyosiy fanlar taraqqiyoti» mavzusidagi Respublika ilmiy konferensiyasi tashkil etildi. Ushbu konferensiyada institutimizning siyosatshunos professor-o’qituvchilari va talabalari ma’ruzalari, o’z fikr va mulohazalari bilan faol ishtirok etishdi.



