Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHI vakillari Oliy ta’lim ekspertlari milliy guruhi (HERE)ning yillik seminarida ishtirok etishdi

22.12.2018, 11:24 Yangiliklar 2321

2018-yilning 21-dekabr kuni Toshkent shahridagi Yodju texnika institutida Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturining Oliy ta’lim ekspertlari milliy guruhi (HERE)ning yillik seminari bo’lib o’tdi. “Oliy ta’lim rivojida innovatsiyalar” deb nomlangan mazkur tadbirda TDSHI professori, s.f.d., HERE a’zosi N.Kasimova, TDSHI dotsenti, HERE a’zosi G.Rixsieva, institut ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi boshlig’i, f.f.n. dotsent I.Bultakov, institutning Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo’yicha bo’limi boshlig’i L.To’rayev hamda matbuot kotibi N.Maxmasobirova ishtirok etishdi.

Seminarda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Ilmiy tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig’i B.Ismoilov, O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi vakillari, Oliy ta’lim ekspertlari milliy guruhi a’zolari, Erasmus+ning O’zbekistondagi ofisi koordinatorlari hamda turli oliy ta’lim muassasalarining professor-o’qituvchilari, tadqiqotchilari, xodimlari ishtirok etishdi.

Seminar davomida Oliy ta’lim ekspertlari milliy guruhi (HERE)ning yillik hisoboti tinglanib, Erasmus+ning O’zbekistondagi milliy ofisi koordinatori A.Abduraxmanova “O’zbekistonda joriy Erasmus+ loyihalari va 2019-yilgi Erasmus+ tanlovi”, HERE raisi, prof. M.Raxmatullaev “O’zbekiston oliy ta’limini innovatsion rivojlantirishda oliy ta’lim ekspertlari milliy guruhi faoliyati”, HERE eksperti I.Vixrov “Innovatsion va tadbirkorlik ekotizimi” mavzusida ma’ruza qildilar. Shuningdek, tadbir davomida institutimiz professori N.Kasimova “O’rganish va o’qitish: oliy ta’limda o’qituvchilarning kasbiy rivojlanishi” mavzusidagi, dotsent G.Rixsieva “Oliy ta’limda salohiyatni oshirish (CBHE) loyihalarining sifatni ta’minlash va boshqa usullar orqali samarasi” mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi.

Seminarning ikkinchi qismida ishtirokchilar uchun mahorat darslari tashkil etilib, barcha ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlandi.

????????????????????????????????????

????????????????????????????????????

????????????????????????????????????

photo_2018-12-25_11-46-47