TDSHU Axborot-resurs markazi faoliyati e’tirof etildi
“Oliy ta’limda axborot-resurs markazlarining o‘rni: tajriba, muammolar, istiqbollar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi.
Mazkur seminarda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Axborot-resurs markazi direktori Marg’uba Yuldasheva ham ishtirok etdi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida boshlangan seminar kunning ikkinchi qismida Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida davom etdi. Soha vakillari Axborot-resurs markazi faoliyati, talabalarga elektron xizmat ko’rsatish, markazning kitob fondi va texnik imkoniyatlari bilan yaqindan tanishishdi.
Seminar yakunida ARM direktori Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi tomonidan Faxriy Yorliq bilan taqdirlandi.