TDSHU dekani Yaponiyadagi mehmonxona va tashkilotlarda amaliyot o‘tayotgan talabalar bilan uchrashdi
#SDG8
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Yaponiyaning “Reigi-Sahou” uyushmasi o‘rtasida imzolangan shartnomaga muvofiq, ayni kunlarda bir qator TDSHU talabalari Yaponiyadagi mehmonxona va tashkilotlarda amaliyot o‘tamoqdalar.
Shu munosabat bilan, Yaponshunoslik fakulteti dekani E.Matchanov va fakultet dekan muovini M.Nadjimxodjayev “Reigi-Sahou” uyushmasining Tokiodagi bosh ofisiga tashrif buyurdilar. Uyushma rahbariyati bilan o‘tkazilgan muloqotlar chog‘ida ikki tomonlama hamkorlik masalalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.
So‘ng, universitetimiz vakillari talabalarimiz amaliyot o‘tayotgan mehmonxonalarga kelib, talabalarning amaliyot o‘tash jarayonlari, joylaridagi shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.