TDSHU DELEGATSIYASI AR-RIYODDA
Ayni damda Saudiya Arabistoni Ar-Riyod shahrida bo’lib turgan Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti delegatsiyasi tomonida “ARABIC FOR ALL” tashkiloti bilan bilan hamkorlik shartnomasini imzolandi.
Dunyo bo’ylab arab tili o’qituvchilarini tayyorlash, malakasini oshirish bilan shug’ullanuvchi mazkur til makrazining nufuzi yuqori bo’lib, TDSHU arabshunoslari uchun bu hamkorlik ko’plab imkoniyatlarni taqdim etadi.
Arab tilini o’qitish metodikasi, filologiya va boshqa mutaxassisliklar boyicha arab tilini o’rganayotgan talabalarni til darajalarini aniqlashga qaratilgan zamonaviy o’quv adabiyotlari bilan ta’minlash, o’quv kurslarini tashkil etish bo’yicha ikki tomonlama kelishuvlarga erishildi. Shiningdek, ushbu hamkorlik doirasida ilmiy- metodik anjumanlar o’tkazish rejalashtirildi.