TDSHU delegatsiyasi Istanbul universiteti kutubxonasida
2025-yil 29-aprel kuni TDSHU rektori, professor Gulchehra Rixsiyeva boshchiligidagi universitet vakillaridan iborat delegatsiya Istanbul universitetiga tashrifi davomida, ushbu universitetning nodir asarlar kutubxonasida boʻldilar.
Tashrif davomida kutubxona faoliyati shuningdek, qadimiy yozma asarlar va manbalar, ularni qayta restavratsiya qilish jarayonlari, yozma qadmiy qoʻlyozmalarni raqamlashtirish borasidagi ishlar bilan yaqindan tanishdilar.



