TDSHU delegatsiyasi Podshoh Saud universitetida

TDSHU delegatsiyasining Podshoh Saud universitetiga navbatdagi uchrashuvi amalga oshirildi
Uchrashuvda Podshoh Saud universiteti xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Mazid at-Tarqaviy va universitetning boshqa rahbarlari ishtirok edi. Universitetlar hamkorligini yanada mustahkamlash, hamkorlikni yanada kengaytirish masalasi bo‘yicha yangi kelishuvlarga erishildi.
Xususan, 10 nafar TDSHU professor-o‘qituvchilarining Podshoh Saud universitetida til bo‘yicha malakasini oshirish, ikki universitetda 8 nafar doktorantlar amaliyotini tashkil etish, saralangan tadqiqotchilarga ikki universitetdan ilmiy rahbarlar belgilash bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Podshoh Saud universiteti tomonidan ikki universitetda ham aloqalarni doimiy va uzluksizligini ta’minlash maqsadida ishchi guruh tashkil etish va ishlarni muvofiqlashtirib boradigan markaz ochish taklifi berildi.
Universitetlardan hamkorlik bo‘yicha mas’ullar belgilab olindi.