TDSHU delegatsiyasining Dehli universitetidagi ilmiy ma’ruzalari
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti delegatsiyasi Dehli universitetida ilmiy ma’ruzalar bilan ishtirok etdi. Ma’ruzalar hindiy va urdu tillarining Markaziy Osiyoda o‘rganilishi, ularning ilmiy-amaliy ahamiyati hamda adabiy va madaniy mushtaraklik masalalarini yoritishga bag‘ishlandi. Xususan, ushbu yo‘nalishlarda olib borilayotgan tadqiqotlarning ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati atroflicha ochib berildi.

