Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU dotsenti Jumali Shabanov Turkiyada o‘tkazilgan Navro‘z bayrami tadbirida

24.03.2026, 15:52 Yangiliklar 276

2026- yil 21–22 mart kunlari Turkiyaning Istanbul va Bursa shaharlarida O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi, O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi, Turkiyadagi O‘zbekiston madaniyati, birdamligi va hamkorlik jamiyati, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamda Yunus Rajabiy nomidagi o‘zbek milliy musiqa san’ati instituti hamkorligida Navro‘z bayrami munosabati bilan “Navro‘zni ulug‘lash — insonni ulug‘lashdir!” shiori ostida qator madaniy tadbirlar tashkil etildi.

Tadbirda ikki davlat jamoatchiligi vakillari, madaniyat va san’at namoyandalari, shuningdek, Turkiyada istiqomat qilayotgan o‘zbekistonlik vatandoshlar ishtirok etdi. Shu bilan birga, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti dotsenti Jumali Shabanov ham mazkur tadbirlarda faol ishtirok etdi.