TDSHU G’arb tillari kafedrasi, Ingliz tili fani o’qituvchisi Akbar Ibragimov BMTning 17ta Barqaror Rivojlanish Maqsadlari doirasida “BRM 4- Ta’lim sifati ” va “BRM 5 – Gender tenglik” masalalariga bag’ishlangan vebinar o’tkazdi.

Vebinar ikki qismdan iborat bo’ldi. Birinchi qismda o’qituvchi “BRM 4: Ta’lim Sifati” bo’yicha ma’lumotlar berdi va misollar keltirdi. Mavzu tushuntirilgach, talabalar bilimini mustahkamlash uchun guruhlar orasida interaktiv o’yinlar o’tkazildi.
Ikkinchi qismda “BRM 5: Gender tenglik” bo’yicha ma’lumotlar berib o’tildi. Ikkinchi qism aqliy hujum bilan boshlandi. Tushuntirish mobaynida hayotiy misollar keltirib o’tildi. Vebinar jarayonida talabalar tomonidan sur’atga olingan video lavha ko’rsatildi. Dars jarayonida talabalar bilan savol-javob qilindi.
Vebinar oxirida suhbatni umumiylashtirish uchun savollar berildi.