Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Oliy Majlis Senatida “Gender tenglik faoli” milliy tanlovining respublika bosqichi g’oliblarini taqdirlash marosimi o’tkazildi

14.02.2026, 18:56 Yangiliklar 72

Joriy yilning 14-fevral kuni Senatda “Gender tenglik faoli” milliy tanlovining respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Mazkur tanlov “Gender tenglik faoli” milliy tanlovi Xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini mustahkamlash, gender tenglik hamda oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi tashabbusi bilan har yili anʼanaviy ravishda tashkil etib kelinmoqda. Tanlovning asosiy maqsadi tashkilotlarda gender tenglikni taʼminlashga qaratilgan samarali siyosatni yo‘lga qo‘yish, ilg‘or tajribalarni aniqlash va keng ommalashtirish, shuningdek, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat.

Tanlov quyidagi belgilangan nizom talablari asosida 7 ta nominatsiya bo’yicha o’tkazildi.

“Gender tenglikni taʼminlashda eng faol respublika tashkiloti”, “Gender tenglikni taʼminlashda eng faol hududiy tashkilot”, “Gender tenglikni taʼminlashda eng faol tuman (shahar) tashkiloti”, “Gender tenglikni taʼminlashda eng faol hokimlik”, “Gender tenglikni taʼminlashda eng faol nodavlat notijorat tashkiloti”, “Gender tenglikni taʼminlashda eng faol tadbirkorlik subyekti”, “Gender tenglikni taʼminlashda eng faol ommaviy axborot vositasi”.

Belgilangan nizom talablari asosida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Gender tenglikni taʼminlashda eng faol hududiy tashkilot” nominatsiyasi bo’yicha taqdirlandi.