Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU hamda bir qator xorijiy til mutaxassislarini tayyorlovchi nufuzli oliy ta’lim muassasalari o’rtasida hamkorlik yo’lga qo’yiladi

31.01.2026, 11:52 Yangiliklar 364

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori Gulchehra Rixsiyeva ishtirok etayotgan Britaniya Kengashi hamda Kembrij universiteti hamkorligida oliy ta’lim muassasalari rahbarlari uchun tashkil etilgan “PRESETT Leadership Programme” doirasida Kembrij universitetining Assessment & Press bo‘limi bilan ingliz tilini o‘qitish, pedagog kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish yo‘nalishlarida Kembrij tajribasi hamda malaka talablari asosida hamkorlik qilish bo‘yicha bitim imzolandi.

Shuningdek, seminar yakunida Markaziy Osiyo mintaqasida PRESETT dasturida ishtirok etayotgan, xorijiy til mutaxassislarini tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari bilan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan kelishuvlar imzolandi.