TDSHU HAMDA PODSHOH SALMON XALQARO ARAB TILI AKADEMIYASI BILAN HAMKORLIK ISTIQBOLLARI
![](https://tsuos.uz/wp-content/uploads/2023/01/photo_2023-01-31_11-00-42-1024x768.jpg)
TDSHU delegatsiyasi Podshoh Salmon xalqaro arab tili akademiyasi Bosh kotibi doktor Abdulla bin Solih al-Vashmiy bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida ikki muassasa o’rtasidagi o’zaro hamkorlikning istiqbollari qizg’in muhokama qilindi. Podshoh Salmon Xalqaro arab tili akademiyasi Bosh kotibi Abdulla bin Solih al-Vashmiy Saudiya grantlari doirasida ikki tomon tadqiqotchilari ishtirokida arab tilini o‘qitish nazariyasiga bag‘ishlangan kitobni yaratish, shuningdek «O‘zbekcha-arabcha lug‘at» tayyorlash takliflarini ilgari surdi.