TDSHU hamda Pokistonning nufuzli Peshovar universiteti oʻrtasida oʻzaro hamkorlik masalalari yuzasidan anglashuv memorandumi imzolandi
2026-yil 12-fevral kuni Pokiston Islom Respublikasining nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri Peshovar universiteti hamda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan Anglashuv memorandumi imzolandi.



Mazkur Anglashuv memorandumi ikki tomonlama akademik va ilmiy aloqalarni mustahkamlash, ta’lim va tadqiqot sohasida tajriba almashish, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy loyihalar va konferensiyalar tashkil etish, shuningdek, tomonlar manfaatlariga mos boshqa hamkorlik yo‘nalishlarini rivojlantirishga qaratilgan.

