TDSHU hamda Yaponiya ilm-fan jamiyati o‘rtasida memorandum imzolandi.
2024- yil 16-yanvar kuni TDSHU hamda Yaponiya ilm-fan jamiyati o‘rtasida memorandum imzolandi.
Yaponiya ilm-fan jamiyati “Kitob elchisi loyihasi” (Book envoy project) doirasida TDSHUga 100 dan ortiq turli yo‘nalishdagi kitoblarni yetkazib berish ko‘zda tutilgan. Kelajakda bu loyiha doirasida O‘zbekiston va Yaponiya istiqboldagi hamkorligini qo‘llab-quvvatlab hamda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga o‘z hissasini qo‘shadigan mutaxassis kadrlar yetishtirish maqsad qilingan.
Ma’lumot o’rnida, Yaponiya ilm-fan jamiyati (Japan Science Society) 1999 – yildan dunyoning turli mamlakatlariga Yaponiyadan kitob xayriya qilish bilan shug‘ullanadi. Bu loyiha Yaponiyaning eng yirik fondlaridan biri Nippon Fondi tomonidan moliyalashtiriladi. 2022-yilda loyiha nomi “Kitob elchisi loyihasi” (Book envoy project) sifatida faoliyat doirasini kengaytirdi.