TDSHUda “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi
Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bosh mutaxassisi Mardonov Zokirjon, universitetning professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar.
«Jaholatga qarshi ma’rifat» mavzusidagi davra suhbatida Z.Mardonov talaba-yoshlarni yot g‘oyalardan asrash, yoshlarni diniy ekstremizm, terrorizm va «ommaviy madaniyat» kabi ma’naviy tahdidlardan himoya qilish, Media savodxonlik va axborot manipulyatsiyasiga qarshi turish, Internet tarmoqlaridan foydalanish madaniyati va shaxsiy ma’lumotlar daxlsizligi hamda diniy savodxonligini oshirish haqida ma’lumot berdi.
Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislaridan batafsil javoblar olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.







