Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU Koreyashunoslik oliy maktabida Keimyung universiteti professori Min Kyongmo ma’ruza o‘qidi

21.10.2025, 10:53 Yangiliklar 381

2025-yil 16-sentabrdan buyon “Korea Foundation” hamda Keimyung universiteti hamkorligida olib borilayotgan tandem onlayn darslar doirasida, Keimyung universiteti professori Min Kyongmo Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif chog‘ida professor Filologiya (koreys tili) yo‘nalishi 3-bosqich talabalari uchun “Chet tili sifatidagi koreys tili ta’limi” fanidan oflayn ma’ruza o‘qidi.

Mazkur dars davomida professor Min Kyongmo koreys tilini xorijiy til sifatida o‘qitish metodlari, o‘quvchilarning nutq faoliyatini rivojlantirishda interaktiv yondashuvlarning ahamiyati hamda zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish tajribalari haqida so‘z yuritdi.