TDSHU ning xorijiy hamkor oliy ta’lim muassasalarida stajirovka o’tayotgan talabalari bilan video muloqat o’tkazildi
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabalarining xalqaro tajribasini rivojlantirish hamda ularning mutaxassislik bo’yicha bilimlarini oshirish maqsadida, xorijiy hamkor oliy ta’lim muassasalariga tashkil etilgan stajirovka dasturlari muvaffaqiyat bilan amalga oshirilmoqda.
31-iyul kuni talabalar ushbu xorijiy muassasalar bilan bo’lib o’tgan o’qish va amaliy ish jarayonlaridan olingan tajriba bilan bo’lishdi. Ularning faoliyatlari va ta’lim jarayonida erishgan yutuqlari bilan tanishish uchun video konferensiya shaklida muntazam muloqotlar tashkil etildi.


