Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU oliy maktabi boshlig‘i Yeon Sangheum xalqaro ilmiy assotsiatsiya raisi etib tayinlandi

23.02.2026, 13:12 Yangiliklar 47

Koreyashunoslik oliy maktabi boshlig‘i Yeon Sangheum yana bir nufuzli xalqaro ilmiy assotsiatsiyaga – The Korean Society of Bilingualism (Janubiy Koreyaning Ikki Tillik Tadqiqotlar Assotsiatsiyasi) xalqaro rais etib tayinlandi.

 

Mazkur assotsiatsiya 1981- yilda tashkil etilgan bo‘lib, o‘tgan davr mobaynida bilingvizm sohasidagi fundamental va amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish, ikki tilli ta’limning nazariy asoslarini mustahkamlash hamda til va madaniyatlar kesishgan nuqtalarda yuzaga keladigan kommunikativ jarayonlarni chuqur ilmiy tahlil etish yo‘nalishida izchil faoliyat olib bormoqda.

Assotsiatsiya milliy va xalqaro miqyosda til siyosati, ko‘p tillilik, madaniyatlararo muloqot hamda ta’lim metodologiyasi masalalarini o‘rganishga salmoqli hissa qo‘shib kelmoqda.

Ushbu tayinlov Koreyashunoslik oliy maktabining xalqaro ilmiy hamkorlik doirasidagi nufuzini yanada mustahkamlashi, shuningdek, ikki tillilik va madaniyatlararo tadqiqotlar sohasida yangi ilmiy tashabbus va loyihalarning amalga oshirilishiga xizmat qilishi kutilmoqda.