TDSHU o’qituvchisi «Arab tili va adabiyoti tadqiqotlari» III Xalqaro kongressida
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Arabshunoslik oliy maktabi oʻqituvchisi Dilafruz Abdullaeva Turkiya Respublikasining Istanbul shahrida joylashgan Fatih Sultan Mehmet Vakıf Universiteti tomonidan 2025- yilning 9-11 may kunlari oʻtkazilgan «Arab tili va adabiyoti tadqiqotlari» III Xalqaro kongressida «Gʻada as-Samman va Zulfiya Qurolboy qizining psixologik hikoyalarida ayol obrazining talqini» mavzuidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.