TDSHU “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” ichki turizmni rivojlantirish yarmarkasi ishtirok etdi
#SDG8
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi PF-9-sonli “Respublikaga xorijiy turistlar oqimi keskin oshirish hamda ichki turizmni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” farmoniga asosan, joriy yilning 28-avgust kuni “Suzuk-ota” majmuasida “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” ichki turizmni rivojlantirish yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti va turizm fakulteti hamda Sharq sivilizatsiyasi va tarix fakulteti o‘qituvchilari va talabalari faol ishtirok etdilar.