TDSHU professor-o‘qituvchilari yapon tiliga ixtisoslashgan o’rta maktabda
2021-yilning 16-dekabr kuni TDSHU Tarjima nazariyasi va amaliyoti (yapon tili) va yapon filologiyasi yo’nalishi talabalarining 133-yapon tiliga ixtisoslashgan o’rta maktabdagi pedagogik amaliyoti bo’yicha ochiq dars va “Yapon madaniyati kuni” doirasida tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda maktab o‘quvchilari yapon tilida she’rlar, raqslarni namoyish etdilar.
Shuningdek, yapon milliy madaniyatiga oid mahorat darsi tashkil etildi.
Tadbirda maktab jamoasi va univesitetning professor –o‘qituvchilari ishtirok etdilar. Kun davomida yapon tilini samarali tarzda o‘qitish masalalari yuzasidan fikr almashinildi.
TDSHU Matbuot xizmati