Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU professori Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligiga bag‘ishlangan kitob taqdimotida ishtirok etdi

23.01.2026, 10:59 Yangiliklar 210

2025-yil 22-yanvar kuni Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda TDSHU professori Xayrulla Hamidov ishtirok etdi. Kimyo International University in Tashkent tomonidan Turkiyada nashr etilgan “Sharq durdonalari” nomli Navoiy aforizmlarining turk, xitoy va ingliz tillaridagi tarjimalaridan iborat illyustratsion kitob taqdimoti O’zbekiston milliy kutubxonasida bo‘lib o‘tdi.


Kitobning turk tiliga tarjimalari muharriri, professor Xayrulla Hamidov Navoiy asarlarini tarjima qilishning dolzarbligi va murakkab jihatlariga to‘xtaldi.