TDSHU professori “Butunjahon hindiy tili oilasi” tashkilotiga a’zo sifatida qabul qilindi.
Dunyoda hind tilini rivojlantirish, ommalashtirish maqsadida hind olimlari tomonidan “Butunjahon hindiy tili oilasi” tashkiloti tashkil etilgan. 2021-yilning yanvar oyidan mazkur tashkilotga O‘zbekistondan Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Janubiy va Janubiy-Sharqiy Osiyo tillari” kafedrasi mudiri, professor Ulfat Muhibova a’zo sifatida qabul qilindi.
Professor Ulfat Muhibovani tabriklaymiz va hindshunoslikni rivojlantirish hamda xalqaro maydonda O‘zbekistonda shu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarni targ‘ib qilishda omad tilaymiz.