TDSHU professori Sh.Shomusarov Moskva davlat universitetida ma’ruza qildi
2025- yil 12- dekabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Arabshunoslik oliy maktabi professori Shorustam Shomusarovning Moskva davlat universiteti Osiyo va Afrika xalqlari instituti (Rossiya)da tashkil qilingan ilmiy seminarda oʻz ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
📚 Mazkur ilmiy seminarda professor Sh.Shomusarov «ПРЕПОДАВАНИЕ АРАБСКОГО ЯЗЫКА НА ПОСТСОВЕТСКОМ ПРОСТРАНСТВЕ НА ПРИМЕРЕ УЗБЕКИСТАНА» mavzuida ma’ruza qildi.
🖇 Yuqori daraja hamda qizgʻin muhokamalarga boy oʻtkazilgan online seminarda Rossiya va Oʻzbekistonning 40dan ziyod mutaxasislari ishtirok etdilar va foydali ma’limotlar oldilar.